Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv o’tkazildi


Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Urganch shahar bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Vaisov, DXX xodimi F.Abdulboqiyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosarlari, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur singdirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani haqida so’z yuritilib, bu islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yo‘nalishlar, Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Din niqobi ostida yuz berayotgan turli holatlar yuzasidan ma‘lumot berishdi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

 

Ulashish: