Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xon atlas haftaligi


Bugun Urganch davlat universiteti Xotin qizlar maslahat kengashi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Urganch shahar bo'limi hamda 3-sonli "Ma'rifat" mahallasi "Oqila ayollar" harakati bilan hamkorlikda “Xon atlas” festivali bo'lib o'tdi. 

Ushbu festivalda universitetning barcha fakultetlari "Qizlarjon" klubi faollari hamda Amaliy ishlar va tikuvchilik to'garaklarining mohir qizlari o'zlarining amaliy qo'l ishlaridan ko'rgazmalari, milliy kiyimlar taqdimoti, etnografik sahna chiqishlari, kuy va raqslari bilan faol ishtirok etishdi. 

Ayniqsa, Fizika-matematika fakultetining "Fotiha to'yi", Texnika fakultetining "Yor-yor", Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti  ko'rgazmalari, Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalarining chiqishlari barchaga yuqori kayfiayt ulashdi.

Tadbir so'nggida faol ishtirokchilar universitet tomonidan munosib taqdirlandi.

Ulashish: