Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor universitetda olib borilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi


27-mart kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev universitetning asosiy hududida yangi barpo etilayotgan 5 qavatli, 1000 oʻringa moʻljallangan kutubxona hamda Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududidagi 7 qavatli, 600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyining qurilish, bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishish maqsadida hududlarda boʻldi.

Rektor talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy tipda qad roslayotgan ushbu kutubxona hamda talabalar turar joyi binosining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, quruvchilar bilan muloqot qilib, zarur tavsiyalar berdi. Qurilish ishlari oʻz muddatida yakunlanishi lozimligini taʼkidladi.

Ulashish: