Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



AMIR TEMUR TAVALLUDINING 688 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA


Bugun, 9-aprel kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Amir Temur va temuriylar davri diplomatiyasi, temuriylar davridagi Xorazm shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, buyuk bobokalonimiz tuzuklari hamda uning bunyodkorlik g’oyalarining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o’rni haqida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, “Tarix” kafedrasi mudiri U.Abdullayev, kafedra dotsentlari Sh.Yusupov va A.Yusupov hamda o’qituvchilari M.Xasanov va O.Madaminovlar ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, fakultet talaba-yoshlari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar  tadbirga o’zgacha ko’tarinkilik baxsh etdi.

Ulashish: