Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



MUBORAK RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING BAYRAM TABRIGI


Assalom-u alaykum, qadrli yurtdoshlar! 

Muhtaram hamkasblar, aziz talaba-yoshlar! 

Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi sanalgan bu qutlug‘ bayram munosabati bilan Siz, azizlarga samimiy tilaklarimni yetkazishdan bag'oyatda mamnunman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori asosida yurtimizda Ramazon oyi davomida maʼnaviy poklik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni eʼzozlash, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, yosh avlodni Vatanimizga muhabbat, azaliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida koʻplab amaliy ishlar bajarildi.

Qadrli jamoam, shu fursatdan foydalanib, ta’lim-tarbiyaning kuch-qudratiga va ruhiy-madaniy kamolotiga yangicha yondashish jarayoni sezilayotgan ayni kunlarda xalqimizning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyati yo‘lidagi faoliyatingizga bardavomlik tilayman!

Mamlakatimiz osoyishtaligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi barcha xayrli ishlarimizga Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! 

Xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayz-u baraka bardavom bo‘lsin. Olayotgan bilimlarimiz va izlanishlarimiz ilmiy va insoniy jasorat, so‘nmas e’tiqodlarimizni yuksalishiga xizmat qilsin!
 
Muborak Ramazon hayiti barchamizga  qutlugʻ boʻlsin!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori

Ulashish: