Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro konferensiya


Bugun, 17-aprel kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning qadimgi davr tarixi, tarixshunosligi, manbashunosligining dolzarb muammolariga qaratilgan konferensiya o'z ishini boshladi.

Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga bag’ishlangan ushbu konferensiyada UrDU rektori Baxrom Abdullayev so’zga chiqib, yig’ilishni ochib berdi. Unda Yugor davlat universiteti professori Naumenko Olga, O‘zDJTU professori Narzulla Jo’rayev hamda Fransiya, Rossiya, Belarusiya va Turkiyaning hamkor universitetlaridan professor-o’qituvchilar ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli konferesiyada Markaziy Osiyo tarixi va  madaniyatida Chingiz Aytmatov omili, Mo‘g‘ullar istilosida Xorazm mudofaasi hamda O‘rta Osiyoda Bronza davri migratsiyalari va etnomadaniy jarayonlar singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Konferensiya o'z ishini sho'ba yig'ilishlarida davom ettiradi.

 

Ulashish: