Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



”Prokuror va yoshlar uchrashuvi”


Bugun, 17-aprel kuni Urganch davlat universitetida ”Prokuror va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi. 

Ushbu uchrashuv yoshlar o’rtasida mavjud muammolarni o‘rganish, qiziqish va intilishlarini aniqlash hamda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilib, unda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Urganch shahar prokrotura xodimlari hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va sharoitlardan to’g’ri va oqilona foydalanish ta’kidlanib, yoshlar orasida uchraydigan ayrim muammolarni bartarf etishda ularning huquqiy madaniyatini oshirish zarurligi to’g’risida so’z yuritildi.

Suhbat yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olib, zarur tavsiyalarga ega bo’lishdi. 

Ulashish: