Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xitoyning Shandong tahlil va sinov markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi


Ayni kunlarda ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida yurtimizda boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasining 12 nafar oliy taʼlim sohasi vakillaridan tashkil topgan delegatsiyasi a’zolari bugun, 23-aprel kuni Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida Xitoyning Jinan fan va texnologiya byurosi bosh direktori Chen Xivu hamda Shandong tahlil va sinov markazi direktori Wang Xiao boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari va UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet prorektorlari, dekan va kafedra mudirlari ishtirokida hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Rasmiy muloqotda dastlab rektor B.Abdullayev  Urganch davlat universitetining Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik aloqalari haqida toʻxtalib, kelgusida ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi. Shuningdek, mehmonlarni Urganch davlat universitetining tashkil etilishi va bugungi kundagi keng qamrovli faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Xorazm vohasi turistik hudud ekanligini hisobga olgan holda turizm sohasida, qolaversa, qishloq xoʻjaligi, aniq va gumanitar fanlar boʻyicha Urganch davlat universiteti Xitoy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Oʻz navbatida, Jinan fan va texnologiya byurosi bosh direktori Chen Xivu hamda Shandong tahlil va sinov markazi direktori Wang Xiao tomonidan Xitoy oliy taʼlim muassasalari va ularning imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Muzokaralar natijasi oʻlaroq, Urganch davlat universiteti hamda Xitoyning Shandong tahlil va sinov markazi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha loyiha ilovalarini amalga oshirish, xalqaro aspirantlarning birgalikdagi ta'limini amalga oshirish, doktorantlarni birgalikda tayyorlashni koʻzda tutadi.

Ulashish: