Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich Urganch davlat universitetida bo’ldi


Bugun, 24-aprel kuni Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich shogirdlari hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich hamda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining bir guruh vakillari bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Sardor Xodjaniyozov hamda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchilari ishtirokida rasmiy uchrashuv o’tkazildi. Unda ilm-fan sohasidagi so’nggi yangiliklar, ikki oliy ta’lim muassasalaridagi olib borilayotgan islohotlar haqida samimiy muloqot bo’lib o’tdi. 

Shundan so’ng, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan Urganch davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim muassasalari tizimida ilmiy-tadqiqot, ta’lim dasturlari va resurslarini ishlab chiqishga, yuqori malakali ilmiy-pedogogik kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish va ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashni ko’zda tutadi.

 

Ulashish: