Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Prezident topshirig′i ijrosi amalda


Xabaringiz bor, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Urganch tumani  “O‘rta do‘rman” mahallasida oʻziga biriktirilgan yoshlar xonadonlarida boʻlib, ularning muammolari yuzasidan o′rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun, 24-aprel kuni ana shu oʻrganilgan muammolarni tizimli hal etish, mahalla yoshlarini hayotda oʻz oʻrnini topishlarida koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida mahalla qoshidagi maktab binosida yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib, qiziqish va imkoniyatlari inobatga olingan holda tikuv mashinalari, kompyuter toʼplamlari berildi. 

Uchrashuvda yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, qanday yordam zarurligi haqida soʻraldi. Rektor ushbu maktabda nafaqat oʻziga biriktirilgan yoshlar, balki ushbu maktab oʻquvchilari uchun matematika, fizika, til va adabiyot, ingliz tili hamda IT toʻgʻaraklarini bepul tashkil qilib berilishini bildirdi. Urganch davlat universiteti oʻqituvchilari tomonidan mahalla yoshlari qiziqishlaridan kelib chiqib, bepul kurslarda oʻqitilishi yoshlarning ota-onalari tomonidan juda iliq qarshi olindi. 

Yoshlar muammolarini oʼrganish va tizimli hal qilish jarayonlari davom etadi.

Ulashish: