Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ozarbayjon Respublikasida bo’lib o’tgan nufuzli xalqaro anjumanda Urganch davlat universiteti professorlari ishtirok etishdi


Ozarbayjon Respublikasida bo’lib o’tgan nufuzli xalqaro anjumanda Urganch davlat universiteti professorlari ishtirok etishdi

Joriy yilning 15-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Ilmlar akademiyasida ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 530 yilligiga bag'ishlab “Daho ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy musulmon madaniyatining tuhfasi sifatida” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi. 

Ushbu konferensiyada Urganch davlat universitetidan borgan delegatsiya ham ishtirok etdi va O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, professor D.G'ayipov turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri bo’lgan Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy lirikasidagi insonning ma’naviy olami borasida ma'ruza qildi.

Ulashish: