Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasida ochiq darslar tashkil qilinmoqda


Joriy 17-aprel kuni UrDU Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Zamira Madrimova tomonidan Oʻzbek tili ta'lim yoʻnalishi 221-guruh talabalariga "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari" fanidan ochiq dars oʻtkazildi.

Amaliy mashgʻulot "Sintaktik uslubiyat" mavzusida boʻlib o'tdi.  Dars "Qoʻlni qoʻlga beraylik", "Eng kreativ reklama nutqi", "Eng taʼsirchan va ifodali nutq", "Oʻyla, izla, top!", "Surat asosida matn", "Maqollar asosida pantomima", "Styuardessa nutqi" kabi qiziqarli shartlar orqali guruhlarga boʻlingan holda tashkil qilindi. Darsda kuzatuvchi sifatida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi G.Roʻzimova qatnashdi.

Ulashish: