Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Akademik Xolboy Ibraimov Jaloladdin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida bo'ldi


24-aprel kuni Urganch davlat universitetiga tashrif chog'ida Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov  universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektor Sardor Xodjaniyozov bilan hamrohlikda  Urganch davlat universitetining o'quv-metodik hamkori Jaloladdin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida litsey o'qituvchi va o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, akademik X.Ibraimov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yurtimiz yoshlarining oliy ta'lim sohasida erishayotgan yutuqlarini e'tirof qildi va o'quvchi yoshlarga o'z tavsiyalarini berdi.
Uchrashuv davomida akademik X.Ibraimov o'zining uzoq yillik pedagogik mahorati va boy tajribasi bilan bo'lishdi.  Bir so'z bilan aytganda, uchrashuv litsey o'qituvchilari uchun katta mahorat darsi bo'ldi.

Shuningdek, harbiy akademik  litseyning faoliyati, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy texnik bazasi hamda universitet tomonidan tashkil etilgan "Zakovat" xonasi bilan yaqindan tanishdi. 

Ulashish: