4-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o'tkazildi.
Musobaqalar “11-noyabr - Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bagʻishlandi. Unda universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o'qituvchilar va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.
Musobaqalar yakunida g'oliblar aniqlanib, shu jumladan O'zbek tilshunosligi kafedrasining bir qator professor-o'qituvchilari ham ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar, ularga universitet Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.