Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch shahridagi "Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurtida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.


"Imom Faxriddin ar-Roziy" o'rta maxsus islom bilim yurtida g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

Unda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilishunosligi kafedrasi professori A.O'razboyev o'z ma'ruzasi bilan ishtirok qildi. Ma'ruza davomida ikki buyuk siymo hayoti va ijodi, boy adabiy merosi yuzasidan ma'lumot berildi. Ularning asarlari tilimiz rivoji uchun noyob manbalar ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, Navoiy va Bobur ijodi o'z vaqtida va hozir ham sevib o'qilishi aytib o'tildi.

Ulashish: