Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti maktabining ilk qaldirg'ochlari maktabni muvaffaqiyatli tamomlashdi


25-may – “Soʻnggi qoʻngʻiroq bayrami” bugun butun Respublikamiz singari Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabida ham katta shodiyona bilan nishonlandi. Mazkur maktab Urganch davlat universiteti tasarrufida 2021-yil 6-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, bugun uning ilk qaldirgʻochlari maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qoʻymoqda.

Tantanali tadbirda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda prorektor Zafar Ibragimovlar ishtirok etib, katta hayot sari yo’l olayotgan oʻquvchilarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. 

Ta’kidlash joizki, bu yil maktabni 52 nafar o’quvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ularning 2 nafari oltin va 1 nafari kumush medal sohibi bo’lishdi. 3 nafar oʻquvchi fizika, matematika hamda ingliz tili boʻyicha viloyat olimpiadasida faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Bitiruv kechasida olimpiada gʻoliblari va ularning ustozlari faxriy yorliq hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Namunali xulqi, maktabni aʼlo baholarga tamomlagani va jamoat ishlarida faolligi uchun bir guruh oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram tadbirida bitiruvchi oʻquvchilar oʻzlarining badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Ulashish