Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Prezident tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilish tafsilotlariga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tomonidan Texnika hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlarida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida oʻtkazgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar, imkoniyatlar va belgilab berilgan galdagi vazifalarni mazkur fakultetlar professor-oʻqituvchilari  jamoasiga yetkazish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda rektor B.Abdullayev hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozovlar mazkur videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan koʻtarilgan dolzarb masalalar, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlashda amalga oshiriladigan ishlar, oʻzgarishlar haqida atroflicha toʻxtalib,  Urganch davlat universitetida ijrosini taʼminlashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi va vazifalar belgilab olindi. Sohani rivojlantirish borasida ilmiy salohiyatli olimlarning fikrlari va takliflari tinglandi.

Ulashish