Close
Skip to main content


UrDUda Novosibirsk davlat universiteti professori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Sergey Viktorovich Netesov ma’ruza o’qimoqda


Bugun, 4-iyul kuni Novosibirsk davlat universiteti professori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Sergey Viktorovich Netesov Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda  universitet bilan yaqindan tanishish maqsadida oliygohimizga tashrif buyurdi. 

Ayni paytda akademik Sergey Netesov universitet Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti “Biologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilariga  "Biologiya fanlarining istiqbollari" mavzusida ma’ruza qilmoqda. 

Bu kabi o’quv seminarlar universitet o’qituvchi va yosh izlanuvchilarini sohadagi bilim va ko’nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan birga, xorijlik universitetlar bilan aloqalarini yanada rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi.

Ulashish