Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi!


Bugun, 26-iyul kuni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  

Unda “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi oʻqituvchisi Allaberganova Dilbarjon Atabekovna 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun  “Omon Matjon she’riyati lingvopoetikasi” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Shuningdek, mazkur kengash yigʻilishida Urganch davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Abidova Roxatoy Xudayberganovna “Minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan har ikkala olimani ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, ularga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz. 

Ulashish