Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 2-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 3-oktabr kuni Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash avvalida rektor B.Abdullayev 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilariga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorlig‘ini topshirdi. OAK professori ilmiy unvoniga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga diplomlari topshirildi. Shuningdek, rektor O‘zbekiston Milliy chempionatida  Oltin medalni qo‘lga kiritgan voleybolchi qizlar jamoasini qizg‘in tabriklab, murabbiysi N.Ro′zmetovga chempionat kubogini topshirdi.

Shundan so′ng, kun tartibidan o′rin olgan masalalar muhokama qilindi hamda tegishli mas’ullarning axborotlari tinglandi. 

Kengash saylovlar hamda tur xil masalalardan so′ng o′z ishini yakunladi.

Ulashish