Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev Urganch davlat uiversitetida bo'ldi


Bugun, 2-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori  Sharof Rajabbayev Urganch davlat uiversitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov hamrohligida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. 

Ko‘rgazmada fakultet olimlari, doktorant va magistrlari tomonidan yaratilgan 20 turdan ortiq ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan boʻlib, har bir mahsulotning yaratilishi haqida Sh.Rajabbayevga maʼlumotlar berildi.

Ayniqsa, qovunni qayta ishlash orqali tayyorlangan mahsulotlar mehmonda katta qiziqish uyg'otdi. Ushbu g'oya va loyihalarni ko'zdan kechirar ekan, istiqbolli innovatsion loyihalarni har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlanishini taʼkidladi. Shuningdek, universitetda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti qilindi.

Shundan so‘ng, universitet qoshidagi Xorazm innovatsion texnoparki ish faoliyati, ishlab chiqarish ustaxonalarini borib ko'rdi. 

Ulashish: