Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Rektor Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti o'qituvchilari bilan uchrashdi


2024-yilning 2-8 noyabr kunlari talabalar almashinuvining "Language teaching school" loyihasi doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetining magistr talabalari Urganch davlat universitetida bilim va malaka oshirishmoqda.

Bugun, 5-noyabr kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev hamrohligida mazkur Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti oʻqituvchilari Xu Peng va  Ma Xiaojie bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda mehmonlar xitoylik talabalar uchun universitetda dars mashgʻulotlari yuqori saviyada tashkil etilayotgani, qulay sharoit va do'stona muhit yaratilayotgani haqida samimiy fikrlar bildirishdi. Bu loyiha talabalarning bilimlarini yanada kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat ekanligi taʼkidlashdi hamda Urganch davlat universiteti rektoriga minnatdorchilik izhor etishdi. 

Muloqot davomida Urganch davlat universiteti talabalariga xitoy tilidan dars berish uchun Gansu qishloq xoʻjaligi universitetidan oʻqituvchi jalb qilish, shuningdek, Urganch davlat universiteti talabalarini bir semestr davomida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetida oʻqishini tashkil qilish, ekologiya, tabiiy fanlar hamda qishloq xoʻjaligi muhandisligi sohalarida ilmiy hamkorlik oʻrnatish, “aqlli qishloq xoʻjaligi” yoʻnalishi boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi hamda amalga oshirishga kelishib olindi. 



Ulashish: