????O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari tashkil etildi.
2024/2025-o‘quv yili qabulida Urganch davlat universitetining 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 241 nafar texnikum bitiruvchilari ro‘yhatdan o‘tgan.
✅Bugun suhbat jarayonlari oldidan universitet rektori Baxrom Abdullayev texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida bitiruvchilarga ushbu suhbat ularning bilim salohiyatlarini aniqlash uchun oʻtkazilayotganini maʼlum qilib, har bir talabgor mazkur suhbatda qatnashishi lozimligini bildirdi. Shuningdek, Korrupsiyaga karshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan turli korrupsion holatlar va manfaatlar to'knashuvi bilan bog'liq xavf-xatarlarni oldini olish borasida tushuntirishlar berildi.
Suhbat grafik asosida joriy yilning 15-avgustidan 17-avgustigacha boʻlib oʻtadi.

