Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


✅Bugun, 7-dekabr kuni Urganch davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. 

✅Ushbu tadbirda Xorazm viloyati sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudyalari Z.Yakubov, D.Muratovlar, Xorazm viloyati IIB Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi katta tezkor vakili B.Sobirov hamda Urganch tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i, 1-darajali yurist J.Atajanov hamda professor-o‘qituvchilar,  talaba-yoshlar ishtirok etdi.

✅Dastlab mamlakatimizda so‘nggi yillarda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, korrupsiyaga qarshi kurashda ta’lim muassasalarining mas’uliyati va yoshlarning halollik tamoyillariga amal qilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. 

✅Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, jinsiy zo'ravonlikka qarshi kurashish, korrupsiya tushunchasi va unga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlar hamda sud tizimidagi islohotlar singari mavzularini qamrab oldi. 

Ulashish: