UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan "1-yanvar – Yangi yil” bayrami munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan erkak professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirokida voleybol boʻyicha "Universitet birinchiligi" musobaqasi o'tkazildi. Ushbu musovaqada Filologiya va san`at fakukteti a'zolari ham faol ishtirok etdilar.Musobaqa gʻoliblari va faol ishtirokchilari UrDU Kasaba uyushma qo'mitasining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.Bunday tadbirlar Kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan muntazam tashkillashtirilib kelinmoqda.