Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Prezident topshirigʻi amalda


Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Ushbu taqdimotda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Respublika ishchi guruhi shakllandi hamda joylarda oʻrganish ishlari boshlab yuborildi.

 Bugun, 24-yanvar kuni oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov rahbarligidagi ushbu Respublika ishchi guruhi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralarning viloyat tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlaridan iborat  ushbu ishchi guruhning maqsadi oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Ishchi guruh tomonidan 2025-yilda amalga oshirilishi kutilayotgan vazifalarni belgilash va uni sifatli ijro etilishini yo‘lga qo‘yish, oliygoh rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilarining belgilangan vazifalarni sifatli ijro etishdagi mas’uliyatini oshirish,  2025-yilda komleks rivojlantirishda mahalliy hokimiyat organlari, korxona va tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda 2025-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha “Amaliy chora-tadbirlar dasturi”ni shakllantirish, ularning ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish vazifalarini amalga oshirish belgilangan. 

Ulashish: