Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU delegatsiyasi Malayziyada


Ayni kunlarda Abu Rayhan Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov boshchiligida universitet delegatsiyasi Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan Malayziya – O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ushbu davlatda xizmat safarida boʻlishmoqda.

Forum doirasida 3-fevral kuni Universiti Sains Islam Malaysia (USIM)ga tashrif buyurdilar. Oliygohlar oʻrtasidagi kelgusi hamkorlik masalalarni muhokama qilish maqsadida Liderlik va menejment fakulteti dekani, professori Mohd Rushdan Mohd Jailani va professor-o’qituvchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda har ikkala oliygoh oʻzining bugungi kundagi faoliyati, ta’lim yo’nalishlari hamda xalqaro hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishtirdilar. 

Shundan soʻng, kelgusida professor-o’qituvchilarning mobillik dasturlarini amalga oshirish, UNESCO tashkilotining loyihalarida birgalikda ishtirok etish, universitetda talabalar uchun qishgi va yozgi maktablarni tashkil etish va ilmiy konferensiyalarda birgalikda ishtirok etish kabi hamkorlik takliflari ko’rib chiqildi.

Hozirgina Malayziyaning Perak shtatida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar» mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumiga start berildi. 

Ayni paytda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari forum doirasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda. 

Ulashish