Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



DISSERTATSIYA ISHLARI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI!


Bugun, 1-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.55.01 raqamli Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  

Mazkur kengash yigʻilishida ilmiy tadqiqotchilar Kamolov Xursandbek Qurolboyevichning 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha  fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  “Parabolik analitik sirtlar” mavzusida, shuningdek, Qalandarova Dildora Abdullayevnaning 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha  fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “(A)shm va (B)shm funksiyalarning ekvivalentligi” mavzusida fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovich ilmiy rahbarligida yozilgan har ikkala dissertatsiya ishlari himoyasi 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.  

Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan har ikkala dissertantlar va ularning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy qutlaymiz va ilm yoʻlidagi faoliyatlarida yanada yuksak parvozlar tilaymiz.  

Ulashish: