Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



ilmiy-uslubiy seminar


Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Ingliz tili va adabiyoti " kafedrasida 2025-yil 2-aprel kuni 432-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-uslubiy seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda " Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Radjapova Intizorning   "Badiiy tasvir vositalarining saqlanishi (Sharlotta Brontening Jeyn Eyer asari tarjimasi misolida)" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. "Ingliz tili va adabiyoti" kafedra mudiri Abidova Rohatoy Xudoyberganovna so'zga chiqib yosh tadqiqotchilarga ilmiy tavsiyalar berib o'tdilar. Seminar savol- javoblarga boy bo'ldi. Kafedra ilmiy-uslubiy seminarlarining tashkil etilishi va dolzarb ilmiy mavzularning muhokama qilinishi yosh mutaxassislar uchun yanada foydali bo'lishi ta'kidlab o'tildi.

Ulashish: