Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



9-aprel - buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun


Bugun, 9-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Amir Temur va temuriylar davri diplomatiyasi, temuriylar davridagi Xorazm shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, buyuk bobokalonimiz tuzuklari hamda uning bunyodkorlik g’oyalarining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o’rni haqida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani, professor I.Abdullayev, “Tarix” kafedrasi dotsenti, Respublika Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayevalar ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, fakultet talaba-yoshlari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar  tadbirga o’zgacha ko’tarinkilik baxsh etdi.


Ulashish