Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



ECAMPUZ loyihasi doirasidagi CAMP-3 dasturi seminarlari muvaffaqiyatli yakunlandi


Joriy yilining 3-15 aprel kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida ECAMPUZ loyihasi doirasidagi CAMP-3 dasturining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Ispanya va Daniyadan bir guruh olimlar, shuningdek, Respublikamizning 6 ta oliy taʼlim muassasasidan mutaxassislar ishtirok etdi. 

ECAMPUZ loyihasining asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha “Barqaror o‘sish va ish o‘rinlari” ustuvor yo‘nalishlarini qamrab holda O‘zbekistonda oziq-ovqat fanlari va barqaror oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash va standartlashtirilgan xalqaro amaliyotni joriy etishdan iborat.

Bugun CAMP-3 dasturi seminarlarining yakuniy maʼruzalari va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov hamda hamkor tashkilotchilar tomonidan loyiha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. 

Ulashish