Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet bitiruvchilari Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi


Joriy yilning 16-aprel kuni Xiva shahrida joylashgan zamonaviy “Arda Xiva” majmuasida Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda Xorazm viloyatining yetakchi tashkilot va korxonalari, ish beruvchilar hamda ko‘plab yosh mutaxassislar qatnashdi.

Mazkur yarmarkada Urganch davlat universitetining bitiruvchi kurs talabalari ham faol ishtirok etishdi. Yarmarka ularga nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish topish imkoniyatini berdi, balki turli tashkilotlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish, kasbiy yo‘nalishlar va mehnat bozori talablari haqida amaliy ma’lumot olishga ham zamin yaratdi.

Shuningdek, yarmarka doirasida Kimyoviy texnologiyalar hamda Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fakultetlarining ilmiy yutuqlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada fakultetlar olimlari va yosh tadqiqotchilarining innovatsion ishlanmalari, ilmiy loyihalari, tajriba asosida yaratilgan mahsulotlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Ulashish