Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Folklar instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi


Bugun, 28-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Folklar instituti direktori, prof. Hikmət Quliyev hamda institut ilmiy xodimlari tashrif buyurdi. 

Tashrif asnosida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Filologiya va sanʼat fakulteti dekani D.Gʻayipov hamda fakultet kafedra mudirlari, tegishli masʼullar ishtirokida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Unda Ozarbayjon va O'zbekiston xalqlari o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik rishtalari, tarixiy, madaniy va ma'naviy aloqalarning chuqurligi, til va an'analarning mushtarakligi hamda o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan mustahkam rishtalar e'tirof etildi. 

Uchrashuvda ikki oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi va hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ikki oliygoh o'rtasida ilg'or ilmiy izlanishlar olib borish, yangi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va birgalikda ilmiy nashrlarni amalga oshirish kabi o'zaro manfaatli hamkorlikni koʻzda tutadi.

Rasmiy uchrashuvdan soʻng, mehmonlar Filologiya va sanʼat fakultetida tashkil etilgan “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” bilan tanishdilar hamda dars jarayonlarida ishtirok etdilar.

Ulashish