Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Faxriylar xonadoniga tashrif


          Bu unutilmas sana – yuragimizda abadiy yashaydigan, jasorat, sabr-toqat va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lib qolgan muqaddas kunlardan biridir. Ajdodlarimiz ko‘rsatgan mardlik, fidoyilik va yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbat har birimiz uchun ibrat sanaladi.Ushbu qutlug‘ kunda urush va mehnat faxriylarini, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida mehnat qilayotgan barchani chuqur hurmat bilan yod etamiz. Tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish barchamizning muqaddas burchimizdir.Shu munosabat bilan "9-may – Xotira va qadrlash kuni" bayrami arafasida an'anaga muvofiq Filologiya va san'at fakulteti professor-o'qituvchilari, tyutorlari  va Filologiya va tillarni o`qitish :rus tili ta`lim yo`nalishi talabalari bilan birgalikda fakultetimiz faxriylari xonadoniga tashrif buyurdilar.Jumladan,Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsent Raisa Avezdjanova,dotsent Salomat Djumaniyazova,dotsent Zulfiya Ruzmetova,kata o`qiuvchi Olga Palvanovalar holida xabar olinib ularga bayram sovg`lari topshirildi.Bayram munosabati bilan Urganch davlat universitetida faxriy ustozlar xonadoniga tashriflar davom etmoqda.

Ulashish