Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU jamoasi Gansu universitetining madaniy va ilmiy tadbirlarida ishtirok etdi


Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova boshchiligida jamoasi hamda universitetning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari bo'lim boshlig'i S.Allanazarova bilan birgalikda Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universitetida o'quv va amaliyot kurslarida ishtirok etish, malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida bo'lib turibdi.

Tashrif doirasida jamoa a'zolari innovatsion dars muhitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ingliz tili bo‘yicha VR (virtual reallik) vaziyatli mashg‘ulot xonasi hamda Xitoy xalqaro ta’lim virtual simulyatsiya laboratoriyasiga tashrif buyurishdi. 

Shuningdek, mehmonlar Gansu universiteti tomonidan tashkillashtirilgan Baduanjin (Qigong) an’anaviy xitoycha sog‘lomlashtirish mashqlari va amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Bu jismoniy mashqlar nafaqat sog'liqni mustahkamlash, balki ongni tinchlantirish va ichki energiyani uyg'otishda muhim ahamiyatga ega.

Kunning ikkinchi yarmida UrDU delegatsiyasi Dunxuan san’at muzeyiga tashrif buyurib, Xitoy madaniy merosi, tarixiy san’at asarlari hamda qadimiy ipak yo‘li sivilizatsiyasiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif yakunida delegatsiya a'zolari Gansu universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirda ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar o‘z ijodiy chiqishlari, musiqiy va raqs dasturlari bilan mehmonlarda katta taassurot qoldirishdi. Bu uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy yoshlari o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Ulashish