Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Koreyaning Kyungbuk kolleji delegatsiyasi Urganch davlat universiteti talabalari uchun "K-Art" hamda "K-Health" dasturlari bo'yicha dars mashg’ulotlari olib bordi


Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Kyungbuk kolleji o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumiga asosan, bugun 18-iyun kuni Kyungbuk kollejining professor-o’qituvchisi Kim Kyung Hwan boshchiligida 14 nafar talabadan iborat delegatsiya oliygohga tashrif buyurdi. 

Dastlab Kyungbuk kolleji o’qituvchisi Kim Kyung Hwan universitet rektori v.v.b Sardor Xodjaniyazov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida oligohning Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda hamkorlik doirasida joriy yilning fevral oyida o’tkazilgan "Koreya madaniyati" haftaligi to’g’risida so’z yuritildi. Shuningdek, professor Kim Kyung Hwan universitet talabalarining koreys tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini e’tirof etib, universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. 

Mazkur tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad hamkorlikni yanda mustahkamlashdan iborat bo’lib, koreyalik mehmonlar tomonidan Urganch davlat universiteti talabalari uchun "K-Art" hamda "K-Health" dasturlarini olib borilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, "K-Art" darslarida talabalarimiz koreys madaniyati va K-Pop o‘yinlari bilan yaqindan tanishishgan bo’lsa, "K-Health" mashg’ulotlarida esa koreys sog‘liqni saqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Jarayonlarda talabalarimiz katta qiziqish bilan ishtirok etib, koreys madaniyatiga doir ko’plab yangi bilimlarga ega bo’lishdi. Bu kabi hamkorliklar ikki xalq o’rtasidagi do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Ulashish