Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kuni bo'lib o'tmoqda


Bugun, 11-iyul kuni  Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik, Sport faoliyati: futbol, Sport faoliyati: yengil atletika, Sport faoliyati: voleybol, Sport faoliyati:erkin kurash hamda Sport faoliyati: dzyudo yo’nalishlari bo'yicha  kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkazilmoqda.

Abituriyentlarga o‘zlarini erkin namoyon qilishlari, iste’dodlarini to‘liq ochib berishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Har bir yo‘nalish bo‘yicha imtihonlar malakali mutaxassislar, tajribali professor-o‘qituvchilar ishtirokida, adolat, shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda.
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov ham bevosita joylarga tashrif buyurib, imtihonlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi jarayonini kuzatib bormoqda.

Jarayonlarni to’g’ridan to’g’ri kuzatib borish uchun havola: https://live.urdu.uz/category/10/

Urganch davlat universiteti barcha abituriyentlarga omad va zafarlar tilaydi!

Ulashish