Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



QABUL_2025: Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni!


Bugun, 15-iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda. Xorazm viloyatida imtihonlar “Yoshlik” sport majmuasi va BMBAning Xorazm bo‘limi binosida tashkil etilgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi test sinovlarining tashkiliy jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Xususan, abituriyentlarning imtihonga kirish-chiqish jarayoni, tartib-intizom, xavfsizlik, shaxsiy buyumlar saqlanishi kabi muhim masalalarga masʼuliyat bilan yondashilmoqda.

Farzandlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onalar uchun esa universitet tomonidan zamonaviy va salqin kutish zonalari tashkil etilgan. Bu yerda ular test jarayonini jonli efir orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

Ulashish