Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta‘lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda


Bugun, 22-iyul kuni Urganch shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasi hamda BMBAning Xorazm bo‘limi binosida oliy ta‘lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda. 

Sinov jarayonlari tartib-intizomli, shaffoflik va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Urganch davlat universiteti jamoasi bu borada mas’uliyat bilan faoliyat yuritmoqda.

Test hududiga kirish-chiqish, buyumlarni topshirish va umumiy nazorat jarayonlari tegishli tartibda tashkil etilgan.

Shu bilan birga, farzandlariga ruhan ko‘mak ko‘rsatish uchun kelgan ota-onalar uchun qulay va salqin kutish zonalari tashkil etilgan bo‘lib, ular bu joylarda test jarayonini jonli efir orqali bevosita kuzatish imkoniga ega.

Ulashish