Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi


Bugun, 23-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar majburiy fanlardan bo'lib o'tdi.

Imtihonlar maxsus ehtiyojli yoshlar uchun qulay va maxsus moslashtirilgan sharoitlarda tashkil etilgan bo'lib, abituriyentlar matematika, tarix hamda ona tili va adabiyot fanlaridan og'zaki imtihon topshirishdi.

Mazkur majburiy fanlari uchun abituriyentlarga 1 soat vaqt ajratildi. 

Mazkur tashabbus — nafaqat ta’limdagi tenglikni ta’minlash, balki ko‘zi ojiz yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda faol ishtirok etishga chorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish