Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlar bandligini ta'minlash yo‘lida navbatdagi amaliy qadam


Bugun, 7-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda  yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini topish va ish bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashish maqsadida bo'sh ish o'rinlari Mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Yarmarkada mingdan ortiq ish beruvchi tashkilot va korxonalar ishtirok etdi. Ular tomonidan 3700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ishtirokchilarga turli soha va yo‘nalishlarda ishga joylashish imkoniyatlari yaratildi. Yarmarkada uch mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir universitet bitiruvchilari hamda viloyatdagi yoshlar uchun o‘z salohiyatini namoyish etish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lish va ishga joylashish uchun zamin yaratdi.

Shuningdek, yarmarka doirasida yoshlarga “Kelajakka qadam” loyihasi imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Ulashish