Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalarga qulaylik: turar joy va ijara xonadonlariga oid markaz faoliyati boshlandi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlashda navbatlar va sarsongarchiliklarning oldini olish, talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish, ularni munosib va xavfsiz yashash sharoiti bilan taʼminlash maqsadida “Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”  tashkil etildi.

Markazda masʻul xodimlar hamda universitetning koʻngilli faol yoshlari murojaatchilar uchun kerakli ma'lumotlarni berishmoqda. 

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Urganch davlat universitetida 3720 sigʻimga ega 9 ta talabalar turar joyi kompleksi mavjud. 

Talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylashmoqchi bo'lgan talabalar ma'lumotlar markaziga murojaat qilishlari mumkin. 

Ulashish