Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Shirin ta’mlar va yuqori kayfiyat — “Qovun sayli”ning ikkinchi kuni qizg'in davom etmoqda!


Bugun erta tongdan Xiva shahrida davom etayotgan an’anaviy “Qovun sayli” festivalining ikkinchi kuni ham bayramona kayfiyat bilan qarshi olindi. Issiq quyosh nurlari ostida poliz mahsulotlarining shirin hidi anqib, sayilga tashrif buyurgan mehmonlarga haqiqiy xalqona muhitni tuhfa etmoqda. 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi festivalda alohida faollik bilan ishtirok etmoqda. Mehmonlar bu yerda qovunning o‘zgacha navlari, rang-barang ko‘rinishlari va qovundan tayyorlangan tabiiy, mazali mahsulotlar bilan tanishishmoqda. Qovun sharbatlari, murabbolar, qandolatlar va boshqa milliy lazzatlar barchaning e’tiborini tortmoqda. 

Ayniqsa, xorijlik mehmonlar universitet pavilyoniga katta qiziqish bilan tashrif buyurib, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va milliy mahsulotlarining betakrorligini e’tirof etishmoqda. Ular nafaqat mahsulotlarni tatib ko‘rishmoqda, balki qovunni qayta ishlash bo‘yicha yaratilgan innovatsion yondashuvlar bilan ham tanishishmoqda.

Barcha aziz yurtdoshlarimizni sayilga mamnuniyat bilan taklif etib qolamiz!

Ulashish