Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Qovun sayli" festivalida yuqori martabali mehmonlar Urganch davlat universiteti pavilyonida bo‘ldi


Bugun "Qovun sayli" festivalining uchinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Senatning Fan, ta’lim va sogʻliq saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev hamda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov  ishtirok etib, Urganch davlat universiteti pavilyoni bilan tanishdilar. Namoyishga qoʻyilgan ilmiy ishlanmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda yangi texnologiyalar asosida yaratilgan innovatsion loyihalarga qiziqish bildirib, olimlar bilan muloqotda boʻldilar.

Vazir universitet jamoasining ilm-fan va amaliyot uyg‘unligidagi ishlanmalarini yuqori baholab, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasida yangiliklarni yanada kengaytirish borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Ulashish