Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor texnikum bitiruvchilari bilan suhbat oldidan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida Urganch davlat universitetida texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Joriy yil qabulida universitetning 17 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 377 nafar texnikum bitiruvchisi ro‘yxatdan o‘tdi.

Bugun suhbat jarayonlari oldidan universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova hamda Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A. Xudayberganov hamrohligida texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida bitiruvchilarga suhbat jarayonlarining mazmun-mohiyati, ularning bilim va salohiyatini aniqlashdagi ahamiyati tushuntirildi. Har bir talabgor suhbatda shaxsan ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” bo‘limi tomonidan korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavf-xatarlarni oldini olish borasida tushuntirishlar berildi.

Suhbat jarayonlari joriy yilning 12-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ulashish