Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida qabul jarayonlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi


Bugun, 14-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  Unda Urganch davlat universiteti boʻlim boshliqlari, tyutorlar, Axborot xizmati bo'limi vakillari hamda media sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqot davomida universitet Qabul komissiyasi masʼul kotibi, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambayev tomonidan Urganch davlat universitetining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul qilingan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul jarayonlari, magistratura mutaxassisliklariga qabul, yangi ochilgan kechki va masofaviy ta'lim shakllari, texnikumlarni muvaffaqiyatli tugatgan abituriyentlarning suhbat asosida universitetga qabul qilinishi haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Muloqot yakunida ishtirokchilarning qabul jarayonlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Ulashish