Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlar bilan ishlashda psixologik yondashuv: hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari ishtirokida psixologik yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari bo'lib o'tmoqda. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari joriy haftada boshlangan bo‘lib, hozirda ular samarali va faol tarzda davom ettirilmoqda. Mashg‘ulotlar Urganch davlat universitetining malakali psixolog professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Bugungi mashgʻulotlarda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi, podpolkovnik O.Gʻaniyev, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik M.Ataboyev hamda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.S.Xodjaniyazovlar ishtirok etb, soʻzga chiqdilar. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining ahamiyati, xususan, yoshlar bilan ishlashda psixologik yondashuvning muhimligi haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarda samarali usullarni qo‘llash, ularning huquqiy ongini yuksaltirish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga psixologik-pedagogik metodlar, zamonaviy yondashuvlar hamda amaliy ko‘nikmalar berilib, ular bilan ochiq muloqot shaklida tajriba almashildi.

Ta’kidlash joizki, bunday hamkorlikdagi mashg‘ulotlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish va ularni turli salbiy illatlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish