Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



5 yillik stajga ega bo'lgan fuqarolarni oliy ta'limga qabuli yuzasidan suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda


Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili qabuli doirasida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni universitetning ta’lim yoʻnalishlariga kechki va masofaviy ta’lim shakliga qabul qilish uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda. 

Bu yil universitetning 9 ta ta’lim yo‘nalishiga jami 33 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.
Jarayonlar ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan nazorat qilib borilmoqda. 

Ushbu qabul — o‘z kasbida tajriba orttirgan fuqarolar uchun oliy ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

Ulashish