Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilining ilk Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 2025-yil 29-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangi 2025/2026 o‘quv yilining ilk Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Dastlab, rektor jamoani qo‘shaloq bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Yig'ilishda universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalari, shuningdek, OAK tomonidan berilgan dotsentlik ilmiy unvoni diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish" mavzusidagi ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida "Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis" nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan universitetning Mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassisi Charos Masharipovaga Diplom topshirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 18-avgust kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida Ginnes rekordlar kitobidagi rekordni yangilash maqsadida o‘tkazilgan muhandislik missiyasida faol ishtirok etgan universitetning 14 nafar talabasi maxsus medallar bilan taqdirlandi.

Kengashda universitet oldida turgan dolzarb vazifalar, yangi o‘quv yilidagi ustuvor yo‘nalishlar va rejalar muhokama qilindi.

Kengash kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
Iordaniya Hoshimiylar podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning 25-26 avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha axborot;
2025/2026 o‘quv yili uchun universitetda barcha turdagi ish rejalarini va me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash;
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tasdiqlash;
Universitetda akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarorining mazmun-mohiyati, ichki va tashqi baholash bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 2025/2026 o‘quv yili uchun “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
Yangi o‘quv yili uchun Universitet Kengashi ish rejasi va kengash tarkibini tasdiqlash.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va ijrosi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar belgilandi.

Ulashish