Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi


Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli Urganch davlat universiteti jamoasi!
Aziz talabalar!

Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mustaqillik biz uchun erkinlik, milliy o‘zlikni anglash, bebaho qadriyatlarimizni tiklash va yurtimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash imkonini bergan buyuk ne’matdir. Ortda qolgan 34 yil davomida xalqimiz o‘zining mehnatsevarligi, fidoyiligi va Vatanga sadoqati bilan ulkan marralarni zabt etdi. Bugun esa davlatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilib, yurtimiz ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida yuksak natijalarga erishmoqda.
Ayniqsa, joriy yilda ushbu shodiyonaning “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” ezgu  g‘oyasi ostida  o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Uchinchi Renessans poydevori bo‘lgan yoshlarimiz xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan Yangi O‘zbekiston bunyodkorlaridir. Yangi davr  – yangi O‘zbekiston bizdan ana shunday bilimli, shijoatli, vatanparvar, bunyodkor  yoshlarni tarbiyalashni talab etadi. Yurt ravnaqi yo‘lida kamarbasta yoshlarimiz salohiyati yuksak, sog‘lom va hurfikr, keng dunyoqarashli avlod bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Bu borada Urganch davlat universitetining barcha fidoiy professor-o‘qituvchilar jamoasiga kuch-g‘ayrat, shijoat hamroh bo‘lishini tilayman.
Talaba-yoshlarimizni esa oʻqishlarida muvaffaqiyat va zafarlar, koʻzlagan maqsadlariga erishishlarida kuch-gʻayrat, intiluvchanlik, mehnatsevarlik doim hamroh boʻlishini tilayman. Yangi 2025-2026 oʻquv yili yuksak marralarga, yutuqlarga boy yil boʻlsin!

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Sardor Xodjaniyazov
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor.

Ulashish